Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATINING SARHISOBIGA OID OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

×

 2023-06-19 16:08:20    77

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchilari faoliyatining sarhisobiga oid ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Hokim yordamchilari bugungi kunda o’z faoliyati bilan davlatimiz rahbarining mahalladagi chinakam vakiliga aylanib ulgurdimi? Hokim yordamchilarining zimmalariga qo’yilgan vazifalar qay darajada bajarilmoqda? Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda tumanimizda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ish samarasi tahlil va muhokama etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimi hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda amalga oshirigan ishlarni sarhisob qilib, ayni kunda ularning kun tartibi, tuzilgan rejalarini ham tahlil etdi. Har bir nafar hokim yordamchisi tuman hokimiga o’zi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumotlar berdi.

Tadbir jarayonida hokim yordachilarining asosiy muammollari ham o’rganildi. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev har bir mahalladagi hokim yordamchisining muammolari o’z vaqtida o’rganilishi va ularni yechish choralari ko’rilishni ta'kidladi.

Aslida mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisining asosiy vazifasi hududlarda kambag’allikni qisqartirish, aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta'minlash, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallaning o’ziga xos drayverini anqlash va ushbu drayverni ishga solishdan iborat. Aytish lozim, mahallalarimizda yuqori natijalarga erishayotgan hokim yordamchilari oz emas.

Biroq, bunday muvaffaqiyatga ham bir hokim yordamchisi erishi lozim. Tadbirda asosan kredit berish masalalari muhokama etildi va bu bo’yicha tumandagi barcha banklar mutasaddilariga tegishli ko’rsatmalar berildi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan “Yo’l xaritasi” tuzish va uning har bir bandini ijroga yo’naltirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Ochiq muloqotda mahallalarda ishsizlikni kamaytirish, turmush farovonligiga erishish, turli ijtimoiy muammolarga yechim topish borasida hokim yordamchilari lavozimining tashkil etilishi daslabki muhim qadam bo’lgani va hokim yordamchilariga har bir fuqaro ishonch ko’zi bilan qarash lozimligi alohida ta'kidlandi. O’z faoliyatida kamchilikka yo’l qo’ygan hokim yordamchilariga xulosa chiqarish va faoliyatini samarali yo’lga qo’yishga doir muddat berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram