2023 YIL G’ALLA HOSILI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI
![](https://soh.uz/uploads/bot/eebea1163ad0e9d5c60ce.jpg)
2023-06-17 16:37:26 114
![](https://telegra.ph/file/eebea1163ad0e9d5c60ce.jpg)
2023 yil g’alla hosili uchun seminar tashkil etildi
So’xning iqlimi va ob-havosi viloyatimizning boshqa hududlaridan anchagina farq qiladi. Misol uchun, viloyatimiz markazida pilla hosili yig’ishtirib olinsa, So’xda ushbu mavsumga start beriladi. Ya'ni ob-havo sharoiti o’zgacha bo’lgan tumanimizda qishloq xo’jaligi yumushlari ham bir oyga kechikib boshlanadi.
Bugun tumanimizda pilla yig’im-terimi avjida. “Kumush tola” ijodkorlari zimmalaridagi rejani bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda.
Dalalarda parvarishlanayotgan g’allaning yig’im-terimiga ham oz fursat qoldi. Quvonarlisi, seryog’in kelgan oxirgi hafta qishloq xo’jaligi mahsulotlariga zarar yetkazgani yo’q.
Bugun “Ozod” shirkat xo’jaligi hududida bo’lib o’tgan seminarda g’alla yig’im-terimiga tayyorgarlik ko’rish ishlari muhokama va tuhlil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi g’alla hosilini nest-nobud qilmasdan yig’ishtirib olishga biriktirilgan otryadlar a'zolariga bu bo’yicha qat'iy ko’rsatmalar berdi.
Mavjud yig’im-terim kombaynlari va g’allani tashishga mo’ljallangan texnikalar texnik ko’rikdan o’tkazilib, mavsumga shay qilib qo’yilgan. G’allakorlarimiz bu yili 500 gektar yer maydoniga ekilgan g’alla hosilidan jami 1 381 tonna, shundan 1 181 tonna tovar don va 200 tonna urug’lik don olishni o’zlariga reja qilib olganlar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/9f854c6048d0e2b0a8e27.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d849e055fcae255fa202d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/28a08e59f865e5e460af7.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram