Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MALBUT QISHLOG’IDA SEL OQIBATLARI BARTARAF QILINMOQDA  

×

 2023-06-15 18:48:22    95

PDF yuklash
Chop etish


Malbut qishlog’ida sel oqibatlari bartaraf qilinmoqda  

Tumanimizning Navobod mahallasi hududida joylashgan Malbut qishlog’i to’rt tomoni ko’kka bo’y cho’zgan tog’lar bag’rida joylashgan. Tabiiyki, ushbu qishloq aholisi sel kelishi va suv toshqinlaridan ko’proq aziyat chekib, zarar ko’rishadi.

Mahallada barpo etilgan sel yo’li aholi qiyinchiliklarini oz bo’lsada, kamaytirdi. Biroq mahallaga sel kelishi ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda, chunki qishloq tog’lar ichida joylashgan.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan bizga taqdim etgan ma'lumotlarga asosan Malbut qishlogidagi tog’ va adirliklarga kuchli jala-yomg’ir yog’ishi natijasida kech soat 22:00 da Malbut sel yo’lidan soniyasiga 6-7 kub-metr hajmida sel oqimlari oqib o’tishi natijasida Rovon-Malbud avtomobil yo’lini qum-shag’al bilan to’ldirgan, gaz quvurlarining uzilishiga olib kelgan hamda 6-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi va 23-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining hovlisini shag’al-loyqa bilan to’ldirgan.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tezkor ishchi guruh tomonidan mazkur mahallada ham amaliy ishlar bajarilishiga kirishilib, mahalla hududlarini tosh va shag’al-loyqalardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Tegishli mutasaddilar tomonidan tabiiy ofat tufayli yetkazgan zarar miqdori sarhisob qilinmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram