Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEL OQIBATLARINI BARTARAF ETISH CHORALARI KO’RILMOQDA

×

 2023-06-15 18:44:52    80

PDF yuklash
Chop etish


Sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rilmoqda

Tumanimiz purviqor tog’lar bag’rida joylashgani bois, bahor va yoz faslida yuzaga keladigan yog’ingarchiliklar tufayli sel kelishi va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori. Bu yili ham yoz faslining seryog’in kelishi tufayli tumanimizning ba'zi hududlarida sel oqimlari kuzatildi.

Kecha So’x tumani tog’ va adirliklarida jala-yomg’ir yog’ishi natijasida Hazrati Ali qishlog’ida joylashgan Sarikanda sel yo’lidan soat 21:40 da soniyasiga 5-6 kub-metr sel oqimlari oqib o’tishi oqibatida, asosan mahallaning Zarmiyon mavzesidagi aholi tomarqalari qishloq xo’jalik ekin maydonlariga qisman zarar yetkazgan.

Tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan tezkor shtab guruhi hududda bo’lib, ular tomonidan tabiiy ofatni bartaraf etishga doir zaruriy chora-tadbirlar belgilab, shu asosda amaliy ishlar bajarilgan. Bugun ham mazkur mahallada xonadonbay o’rganish ishlari olib borilib, yetkazilgan zarar miqdori sarhisob qilindi.

Albatta, zarar ko’rgan fuqarolarga amaliy yordam ko’rsatiladi. Ayni damda mutaxassislar tomonidan mazkur hududda qurilgan sel yo’li loyihasi qayta o’rganilmoqda.

Aholi xonadonlarida barcha mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh ish olib bormoqda. Aholini turli yuqumli kasalliklardan asrash maqsadida xonadonlarda zararsizlantirish va dezinfektsiya qilish ishlari olib borilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram