Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 236 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-06-13 17:24:07    80

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Eshitishimcha yangi kodeksda ish turlari to’g’risida qonun normalari belgilangan ekan va shulardan biri masofadan to’rib ishlash to’g’risida ma'lumot bersangiz

 

Javob: O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi mehnat kodeksining 452-moddasida masofadan turib ishlash  mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo’lgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki ob'ektdan tashqarida bajarishdan iborat bo’lib, bunda mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bog’liq masalalar bo’yicha ish beruvchi bilan xodim o’rtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog’idan foydalanish shart bo’ladi.

Masofadan turib ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.

Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi mumkin:

xodimni ishga qabul qilishda;

xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o’tkazilgan taqdirda ish jarayonida.

Muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o’tkazilishi mehnat shartlarining o’zgarishidir.

Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o’tkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi o’zgarsa, boshqa ishga o’tkazish hisoblanadi.

 

F.Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram