Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 243 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO’LIB O’TDI

×

 2023-06-10 16:00:26    87

PDF yuklash
Chop etish


Tul mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev sektor mahalallarida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish, obodonchilik yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish, yechilishi muhim bo’lgan dolzarb muammolar va halqimiz oldidagi ko’ndalang bo’lgan muammolarni o’rganish maqsadida Tul mahallasida bo’lib, ushbu mahalla fuqarolar yig’inlarida bevosita aholi bilan uchrashdi.

Tul mahallasida bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuv va sayyor qabulda oldingi qabullarda bildirilgan muammolar va ularning yechimi tahlil etildi. Qabul jarayonida fuqarolar tuman hokimiga asosan ichimlik va sug’orish suvi ta'minotidagi muamolar, tibbiy yordam, tadbirkorlikni rivojlantirish va moddiy yordam masalalarida murojaat etdilar.

Ichimlik va sug’orish suvi ta'minotidagi muammolar bevosita soha rahbarlari ishtirokida tahlil va muhokama etildi. Maydoni salkam 300 gektar yer maydonidagi bog’larga sug’orish suvi ta'minotini yaxshilashga doir chora-tadbirlar belgilash vazifasi topshirildi.      

 

Mazkur sayyor qabulda mahalla fuqarolari, sektor ishchi guruhi a'zolari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojatlar o’z yechimini topayotgani mahalla raisi tomonidan qayd etildi. Berilayotgan e'tibor uchun mahalla raisi o’z minnatdorchiligini bildirdi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram