Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR MUAMMOLARI TIZIMLI O’RGANILMOQDA

×

 2023-06-10 10:48:15    130

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar muammolari tizimli o’rganilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo’lmagan yoshlar bilan “Yoshlar” daftarini yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sog’lom raqobatni shakllantirish bo’yicha tuman prokuroriga biriktirilgan sektor hududidagi “Qizil toifada”gi yoshlarni doimiy holidan xabar olinib, ularni o’zi qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha muammolari xal etib kelinmoqda.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov boshchiligida o’tkazilgan navbatdagi xonadonbay o’rganishlarda yuqorida keltirilgan masalalar asosiy maqsad qilib olindi. O’rganish jarayonida tibbiyot xodimlarini jalb etib 10 nafar nogironlarning holidan xabar olinib, ulardan 1 nafariga 7 turdagi bepul dori-darmon vositalari berildi.

Ma'lumot uchun: 2-sektor hududida yoshlarning umumiy soni 7 485 nafar bo’lib, shundan 665 nafar yoshlar “Qizil toifa”ga kiritilgan va shundan 123 nafari tuman prokuroriga biriktirilgan.

Xususan, shu kunga kadar tuman prokuroriga biriktirilgan 123 nafar yoshlarning barchasi bilan suhbat o’tkazilib, 23 tasida turli muammolar mavjudligi aniqlangan va muammolari yechilgan.

Jumladan, 10 nafar yoshlarga auktsion orkali yer olib berilib, bandligi taminlangan bulsa, 1 nafariga subsidiya asosida ish quroli -  motokultivator olib berilgan, 2 nafari mutaxassisligi buyicha doimiy ish bilan taminlangan, 3 nafariga OTM ga kontrakt to’lovi to’lab berilgan, 2 nafariga bolalar nafaqasi tayinlangan, 15 nafar nogironlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, 1 nafariga yurak sohasida jarroxlik amaliyoti o’tkazish uchun 10 million so’m, 2 nafariga 1,2 million so’mdan moddiy yerdam berilishi ta'minlangan.

Yoshlar bandligini taminlash, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida xonadonma xonadon borilib, ular bilan suhbat o’tkazilib mavjud muammolarini hal etish buyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. “Qizil toifa”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlar davom ettirilmokda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram