"MADANIYAT VA YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDAGI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR KO’TARINKI KAYFIYATDA O’TKAZILMOQDA
![](https://soh.uz/uploads/bot/c56e4c044a4c8475d7de6.jpg)
2023-06-09 08:27:18 79
![](https://telegra.ph/file/c56e4c044a4c8475d7de6.jpg)
"Madaniyat va yoshlar oyligi" doirasidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilmoqda
Ayni kunda tumanimizning barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma'naviy-ma'rifiy va kontsert dasturlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur aktsiya doirasidagi tadbirlarni tashkil etishdan aosiy maqsad yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
"Yangi O’zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida tumanidagi harbiy qismlarning birida bugun yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida “Yoshlar oqshomi” tadbiri bo’lib o’tdi. O’zaro hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir barcha ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
- 27-ta mahallalardan faol qatnashgan yoshlar gulxan atrofida qushiq kuylab xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlarga raqsga tushdilar. Tadbir davomida “HA-YO’Q” uyini va boshqa turdagi qiziqarli chiqishlar barchaning ko’ngliga a'lo kayfiyat taqdim etdi, - deya bizga xabar bermoqda Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Umedjon Qosimov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/b3dd5fcdcc5fd0b790929.jpg)
![](https://telegra.ph/file/cdf3c6afca8c7a2d7a92a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d1b846cfe487623acc540.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram