Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLSHIGA QARATILGAN TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-06-08 16:31:12    80

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olshiga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda

Tumanimiz hududida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan yoz faslida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan bunday tadbilarda aholiga bu bo’yicha keng qamrovli tushuncha va ma'lumotlar berilib, amaliy mashg’ulotlar orqali bunday vaziyatlardan saqlanish yo’llari va usullari ham o’rgatilmoqda.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi, tuman gazlashtirish idorasi, tuman ijtimoiy muhofaza bo’limi hamkorligida tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalarida yong’in xavfsizligi, yoz mavsumida taqiqlangan suv havzalarida bolalarning cho’milishiga yo’l qo’ymaslik, yosh bolalarni nazortasiz qoldirmaslik, is gazidan zaharlanish, gaz-havo chaqnashi oqibatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan targ’ibot tadbirining navbatdagisi 4-sektor hududidagi maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etildi. Hamkor tashkilotlar vakillari tadbir jarayonida yong’in xavfsizligi, taqiqlangan suv havzalarida cho’milishni taqiqlovchi targ’ibot bukletlarini muassasa hududida yopishtirib, muassasa oshxonasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish xususida tushuntirishlar berdilar.

Targ’ibot tadbiri jarayonida bevosita bolajonlar ishtirokida mavzuga oid  amaliy mashqlar orqali tushuntirish ishlari tashkil etildi. So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidovningg so’zlariga ko’ra, bunday targ’ibot tadbirlari hududlarda muntazam tashkil etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram