Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND FUQAROLAR DOIMIY E'TIBORDA

×

 2023-06-08 16:27:26    99

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand fuqarolar doimiy e'tiborda

Kam ta'minlangan, ehtityojmand fuqarolarga moddiy va ma'naviy ko’mak berish, ular holidan har doim xabar olib turish insoniylikning eng go’zal fazilatlaridan. Ushbu yo’nalishda bizning tumanimizda ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning moddiy yordam masalasida qilgan har bir murojaatlari bugun turli soha vakillari tomonidan o’rganilib, ijroga yo’naltirilmoqda. So’x tumani qishloq xo’jaligi bo’limi tomonidan ham bu bo’yicha arzirli ishlar qilinmoqda.

Sohada ishlayotgan ishchilarga yordam berish, har doim ko’maklashishga odatlangan qishloq xo’jaligi bo’limi mutasaddilari muntazam kam ta'minlangan fuqarolar holidan xabar olishadi. Albatta, ehtiyojmand fuqarolar og’irini yengil qilish va ular holidan xabar olish bunday vatandoshlarimizga ruhiy kuch-quvvat bag’ishlaydi.

Chashma va Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolarga ko’rsatilgan yordam – manzilli yetkazib berilgan oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari albatta ushbu fuqarolarning shodligiga sabab bo’ldi. Albatta, sovg’aning katta-kichigi bo’lmaydi, biroq hama gap e'tiborda, agarda fuqarolarimizga nisbatan e'tiborli bo’lsak, muammo va kamchiliklarimiz ham bosqichma bosqich hal etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram