Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GULISTON MAHALLASIDAGI TA'LIM MUASSASASIDA QISHLOQ INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI DOIRASIDA QO’SHIMCHA BINO QURILMOQDA

×

 2023-06-05 19:00:25    93

PDF yuklash
Chop etish


Guliston mahallasidagi ta'lim muassasasida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida qo’shimcha bino qurilmoqda

Hududlarda, ayniqsa, respublikamizning chekka va olis qishloqlarida 2020-2024 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzlimasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish guruhi” tomonidan ishlab chiqiligan loyihalar asosida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan va ushbu loyihalar asosida bizning tumanimizda ham amaliy ishlar qilinayotir.

Mazkur loyihalar Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi va loyihaning asosiy maqsadi qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloq hayotiy faoliyatini ta'minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Ayni kunda mazkur loyiha asosida tumanimizning Guliston mahalla fuqarolar yig’inidagi 9-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur muassasada 210 nafar o’quvchiga mo’ljallangan qo’shimcha bino qurilishi olib borilayotir.

Loyiha qiymati 3 254 430 594 so’mni tashkil etadi. Qurilish ishlari “Quruvchi A'zamjon” MChJ ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram