Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIR HUDUDDAN TO’RT XABAR

×

 2023-06-03 18:45:41    86

PDF yuklash
Chop etish


Bir hududdan to’rt xabar

Prezidentimizning 16 fevral kuni qabul qilgan «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan tumanimizda ham keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Ayni kunda tumandagi mahalallar kesimida kam ta'minlangan oilalar xonadonlariga bepul qo’yosh panellari o’rnatish ishlari olib borilyapti.

Qo’yida tumanimizning 4-sektori hududidagi amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot beramiz:

- Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, boquvchisini yo’qotgan Bibixon Gadoyeva;

- So’x mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, “Obishir” ko’chasida istiqomat qiladigan, “Temir daftar” ro’yixatiga kiritilgan fuqaro Ochaqurbon Amirshoyeva;

- Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, “Temir daftar” ro’yixatiga kiritilgan fuqaro Bobojon Gadoyevlar xonadonlariga subsidiya asosida quyosh panella o’rnatib berildi. Berilayotgan e'tiborga nisbatan ba fuqarolarmiiz samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.

Shuningdek, ushbu hududda mahalla va guzarlar, muqaddas qadamjolar – qabristonlarni obod qilinishiga ham alohida ae'tibor berilmoqda. Chorkucha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi saxovatpesha homiylar ko’magida mahalladagi qabriston atrofi temir panjara bilan o’raldi va bugun erta ushbu o’rnatilgan panjaralarga ishlov berilishi mahalla raisi tomonidan xabar berilmoqda.

Saxovatpesha homiylar ko’magidan mahalladagi aholi mamnun va minnatdor. Agar mahalla obodligi yo’lida barcha saxovatpesha homiylar kuchi birlashtirilsa, ko’ndalang bo’lib turgan muammolar ham o’z yechimini topishiga astoydil ishonamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram