Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR YOZGI SOG’LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA MEHMONLAR ISHTIROKIDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2023-06-02 18:30:58    96

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida mehmonlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi

Kunning ikkinchi yaramida tumandagi Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inidagi bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ishtirokida 1 iyun – bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab tadbir tashkil etildi. Eslatib o’tamiz, mazkur ormgoh ham 4798-sonli qaror asosida o’tgan yili 30 milliard so’m evaziga bunyod etilib, tumandagi bolajonlarga tashkil etilgan katta tantanada taqdim etilgan edi.

Tadbirda yangragan ko’y-qo’shiqlarda baxtli bolalik, ikki qardosh xalq do’stligi tarannum etildi. Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevlar so’z olib, barcha bolajonlarni bayram bilan tabriklashdi va bunday do’stlik kechalari ikki davlat hamkorligining yanada rivojlanishiga xizmat qilishini alohida ta'kidlashdi.

Mazkur tadbirda tuman mahallalaridan kelgan bolajonlar va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi. Kaatta tantana sifatida qayd etilgan mazkur bayram tadbiri bolajonlarning xursandchiligi va chiroyli raqslari bilan  kechgacha davom etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram