Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOJIKISTON RESPUBLIKASI ELCHISI TUMANIMIZ MAKTABLARIDA BO’LDI

×

 2023-06-02 18:29:04    84

PDF yuklash
Chop etish


Tojikiston Respublikasi elchisi tumanimiz maktablarida bo’ldi

Respublikamizda maktab ta'limini rivojlantirish va farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Tumanimizda ham yangi ta'lim dargohalrini qurib, foydalanishga topshirilishi o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagini ko’zlab amalga oshirilayotgan xayrli amallardandir.

Tumanimizning Saribozorcha mahallasidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzodani maktab pedgogik jamoasi va o’quvchilar non-tuz va guldastalar bilan kutib oldilar. Mazkur ta'lim dargohida yaratib berilgan sharoitlarni ko’zdan kechirgan elchi maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilar bilan samimiy muloqot qildi.

Elchi tomonidan maktab kutubxonasiga tojik tilidagi yangi adabiyotlar va kitoblar taqdim etildi. Maktab direktori Amirjon Temirov ham Abdujabbor Rahmonzodaga So’x tumani haqidagi tarixiy kitoblarni sovg’a qildi.

Mehmonlar tashrifining navbatdagi manzili Chashma mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi bo’ldi. Millatlarimizning o’ziga xos mehmondorchiligi – ikki davlat bayroqlari jilvasi, jonli ovozdagi qo’shiqlar bilan mehmonlarni mazkur maktab ahli kutib oldilar.

Maktabda ta'lim dargohi o’quvchilari o’zlari tayyorlagan adabiy-badiiy kompozitsiyani mehmonlarga taqdim etishdi. O’zbek va tojik adabiyoti vakillari ijodidan do’stlik haqidagi she'rlar qiroat qilindi, o’ziga xos mushoiraga aylangan kechada elchi Abdujabbor Rahmonzoda ham maktab ahliga she'rlar orqali samimiy dil izhorlarini bayon etdi.

Maktablardagi sinfxonalar va o’quvchilarga yaratib berilgan sharoitlarni ko’zdan kechirgan mehmonlar ta'lim sifatiga berilayotgan e'tiborni halol mehnat bilan e'tirof etish lozimligini ta'kidladilar. Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bu maktab kutubxonasiga ham tojik tilidagi kitoblar va yangi adabiyotlarni taqdim etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram