Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLAJONLAR UCHUN YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TAQDIM ETILDI

×

 2023-06-02 18:25:04    93

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti taqdim etildi

Respublikamizda maktabgacha ta'limga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Oxirgi ikki yilda birgina So’x tumanida bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga bo’lgan qamrovi darajasi 35 foizdan 76 foizgacha ko’rtarildi. Farg’ona viloyati Respublika miqyosida bu sohada rekord darajaga ega bo’lib, So’x tumani viloyat miqyosida yetakchi ekanligi Prezidentimizning o’tgan yili Farg’ona viloyatiga qilgan tashrifi chog’ida ham e'tirof etilgan edi.

Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida So’x tumanida 180 o’ringa mo’ljallangan qo’shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o’rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o’rin) mo’ljallangan) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish ko’rsatib o’tilgan. Mazkur davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tumanimizning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida qurib bitkazildi va 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida martabali mehmon - Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ishtirokida foydalanishga topshirildi.

Mazkur muassasada jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. 8 nafar bolaga mo’ljallangan har bir guruh zamonaviy tarzda bezatilgan va barcha asbob-uskunalar, jismoniy rivojlantirishga yo’naltirilgan dastgohlar bilan ta'minlangan.

Taqdimot marosimiga bag’ishlangan tashkil etilgan tadbirda martabali mehmon so’zga chiqib, Respublikamizda barkamol avlod tarbiyasi va ularni benuqson o’sib-ulg’ayishlariga davlat rahbari tomonidan berilayotgan e'tiborni yuksak baholab, e'tirof etdi va ushbu muassasa So’xlik bolajonlar uchun haqiqiy jismoniy rivojlanish maktabi bo’lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Tadbir davomida muassasa rahbariyati va bolajonlarga qimmatbaho va esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Bolajonlar tomonidan taqdim etilgan ko’y-qo’shiq va raqslar guldastasi tadbir ishtirokchilariga ko’tarinkilik baxsh etdi. Mahalla fuqarolari bilan ham samimiy suhbat qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram