Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 231 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XAYR BOG’CHA, SALOM, MAKTAB!”

×

 2023-05-27 18:13:30    166

PDF yuklash
Chop etish


“XAYR BOG’ChA, SALOM, MAKTAB!”

Tumanimizning Sohibkor mahallasida joylashgan 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida o’tkazilgan «Xayr bog’cha, salom maktab!» ma'naviy-ma'rifiy tadbiriga ota-onalar, mahalla faollari, pedagoglar taklif qilindi. Shuningdek, tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi boshlig’i Gulnozaxon Usmonova ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar eng avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan barkamol avlod tarbiyasiga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini ko’paytirishga qaratilgan say-harakatlar haqida alohida to’xtalib o’tishdi. Ta'kidlash lozimki, qilingan barcha harakatlar samarasi o’laroq, bugun tumanimizda barkamol avlodning MTT larga bo’lgan qamrov darajasi 80 foizga yaqinlashdi.

Bolalar ijrosida Vatanni madh etuvchi she'r-qo’shiqlar, maqol va hikmatli so’zlar, turli sahna ko’rinishlari barchaga quvonch ulashdi. Bolalarga esdalik sovg’alari va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.  

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram