Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH PILLAKORNING NIYATI - REJANI ORTIG’I BILAN BAJARISHDAN IBORAT

×

 2023-05-26 20:00:22    102

PDF yuklash
Chop etish


Yosh pillakorning niyati - rejani ortig’i bilan bajarishdan iborat

Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududidagi pillakorlar zimmalariga yuklatilgan mas'uliyatli vazifa – ipak qurti parvarishlash va sifatli pilla terib olishni a'lo darajada bajarishga astoydil harakat qilishayotir. Jami bo’lib, “Ozod” shirkati xo’jaligi ijarachilari va hududdagi fermerlarga bu yili 170 qutti ipak qurti berilgan.

Tuman hokimi Qal'acha mahallasidagi pillakorlar bilan uchrashdi va ancha yildan buyon ushbu yumush bilan shug’ullanayotgan Muharramxon Yuldosheva xonadonida bo’ldi. Muharramxon bu yili 19 gramm, ya'ne bir qutti ipak qurti olib, Mavludaxon Habibovaning bandligini ta'minlashga ham erishgan.

- O’tgan yili ham ipak qurti parvarishlab, noumid bo’lmaganmiz. Bu yilgi hosilimizdan ham umidimiz katta, 200 foiz etib rejani bajarish niyatimiz bor, bunin uchun pilla ozuqasi mutasaddilar tomonidan vaqtida yetkazib berildi, - deydi bilan suhbatda yosh pillakor.

Pillakorlarga bir qator imtiyozlar belgilangan va ushbu imtiyozlardan samarali foydalanilmoqda. Eng asosiy imtiyoz pillakorlar uchun ushbu yumushlariga  bir yillik ish staji rasmiylashtiriladi va albatta bu pillakorlar manfaatiga qaratilgani  bilan ham ahamiyatlidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram