100 BILAN YUZLASHGAN SALOMATXON-MOMOGA SOVG’ALAR TAQDIM ETILDI
![](https://soh.uz/uploads/bot/a21cf5769f6dc4e271440.jpg)
2023-05-24 10:57:01 95
![](https://telegra.ph/file/a21cf5769f6dc4e271440.jpg)
100 bilan yuzlashgan Salomatxon-momoga sovg’alar taqdim etildi
Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Salomatxon-momo Asho’rova yuz bahorni qarshilagan nuroniylarimizdan. Momo ayni damda yuzlab nevara-evara va chevaralar og’o’shida qarilik gashtini surmoqdalar.
- Boshimizdan o’tgan kunlarimizni, mehnatu-mashaqqatlarni aytib bersam, kunlarni tunlarga ulashga to’g’ri keladi... Bizning boshimizdan o’tgan kunlar bugungi avlod uchun misli afsona-ertak. O’tkan kunlar ertakligicha qolaversin va iloyim bolalarimizning bugungi baxtli hayotiga aslo ko’z tegmasin, osmonimiz musaffo, baxtimiz butun va shunday hayotni yaratib berayotgan rahbarlarimizning boshi toshdan bo’lsin, - deya duoga qo’l ochadi momo.
Albatta, bunday insonlarning duoyi xayriga muvaffaq bo’lish har kimning baxti. Onaxonni ziyorat qilgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va 3-sektor rahbari, ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev Salomatxon-momoga viloyatimizda o’tkazilgan “Onalarga ehtirom” festivalining I-darajali diplomini esdalik va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdim etdilar.
So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarovaning so’zlariga ko’ra, Salomatxon-momoga festival doirasida muzlatgich ham hadya etildi. Berilayotgan e'tibor inson qadri yuksakligidan nishona emasmi?
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/7271b9012417d812aae56.jpg)
![](https://telegra.ph/file/12ef8be18fc6b456ebcaf.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6b872d4cb2b10b115d0a4.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram