Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAMKORLIKDAGI HARAKATLAR O’SIB KELAYOTGAN YANGI AVLODIMIZ TARBIYASINING IJOBIYLIGIGA QARATILGAN

×

 2023-04-29 17:48:00    77

PDF yuklash
Chop etish


Hamkorlikdagi harakatlar o’sib kelayotgan yangi avlodimiz tarbiyasining ijobiyligiga qaratilgan

Yoshlar, ayniqsa, maktab o’quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga nisbatan mehr va muhabbat uyg’otishda targ’ibot tadbirlarining katta ahamiyati bor. Tuman xalq ta'limi bo’limi va tuman ichki ishlar bo’limi hamkorligida tashkil etilayotgan turli tadbir va uchrashuvlar ayni yuqoridagi maqsadlarni o’zida mujassam etgan.

So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonova tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlar tumandagi aksariyat ta'lim muassasalarini qamrab olgan. Tumanning 3 va 16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarida o’tkazilgan tadbirlar ham o’rtadagi mustahkam hamkorlik samarasidir.

Mahalla fuqarolar yig’ini beshligi, tuman xalq ta'limi bo’limi vakillari ham bunday tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda. Mazkur tadbirlardan o’quvchilar ham o’zlariga foydali jihatlarini olib borishayotir.

- Asosiy maqsad maktab o’quvchilarini jinoyatchilik, huquqbuzarlik kabi illatlardan asrash va ularni haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalashdan iborat. O’tkazilayotgan tadbirlarda ota-onalarning faol ishtirokini ta'minlashga ham muvaffaq bo’lyapmiz, - deydi Shahnoza Shodmonova.

Bunday tadbirlar nafaqat o’quv mashg’ulotlari jarayonlari, balki maktabdan tashqari vaqtlarda ham o’tkazilmoqda. Albatta, o’tkazilayotgan bunday tadbirlar o’zaro hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, ta'lim dargohlarida ta'lim va tarbiya jarayonlarining ijobiyligiga ham omil bo’lib xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram