Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 249 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” TIZIMI ASOSIDA SHAQROBOD MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA O’RGANISHLAR OLIB BORILDI

×

 2023-04-29 17:44:57    92

PDF yuklash
Chop etish


“Mahallabay” tizimi asosida Shaqrobod mahalla fuqarolar yig’inida o’rganishlar olib borildi

Bugun tuman hokimi Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, bu yerdagi aholi bilan uchrashdi va mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Mahallada olib borilgan ishlar va olib borilayotgan amaliy yumushlar tahlil qilindi.

Mahalla beshligi bilan birgalikda “Mahallabay” tizimi asosida fuqarolar muammolari o’rganildi va aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko’rish yuzasidan ko’rsatmalar berildi. Mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va mahalla guzarlariga, bo’sh turgan yer maydonlariga gulzorlar va tut plantatsiyalari barpo etish bo’yicha takliflar berildi.

Tabiiy ofat tufayli zarar ko’rgan mahalla ma'muriy binosi ham ko’zdan kechirildi. Talofat ko’rgan binoni ta'mirlash va shifer yetkazib berish bo’yicha amalyi yordam ko’rsatilishi ta'kidlab o’tildi.

23-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabdagi 9 va 11-sinf o’quvchilarining bilim darajasi sinovdan o’tkazildi va ularga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, bilim va kasb cho’qqilarini egallash yuzasidan kerakli tavsiya va takliflar berildi, shuningdek, o’quvchilarning mahorati va iste'dodi ham imtihondan o’tkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram