Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 244 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI MARKAZIY O’YINGOHIDA  «O’ZBEKISTON — YOSHLAR MAMLAKATI» SHIORI OSTIDA KONTSERT DASTURI BO’LIB O’TDI

×

 2023-04-28 19:13:41    90

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani markaziy o’yingohida  «O’zbekiston — yoshlar mamlakati» shiori ostida kontsert dasturi bo’lib o’tdi


Bugun tumanimizdagi «Sug’diyona» sport majmuasida hamyurtlarimizning va ayniqsa, So’xlik yoshlarning faol ishtirokida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. “O’zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan yoshlar sayli hamda gala-kontsert bo’lib o’tdi.

 

Bugun Respublikamizda yoshlarga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini e'tirof etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida to’xtalib o’tdilar.

 

Darvoqe, “Ruxsor” telkanali boshlovchisi Xayrullo Yuldoshev tomonidan tagkil etilgan “Ha-yo’q” tanlovida uch nafar ishtirokichdan ikki nafari g’oliblikni qo’lga kiritdi. Devayron mahallasida yashovchi fuqaro Dildora Ahmadbekova va Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo’limi yetakchi mutaxassisi Tolibjon Ibragimovlar mazkur tanlovning mutloq g’olibiga aylandilar.   

 

Gala-kontsert dasturi doirasida elimiz suygan xushovoz xonanda Gulasal Abdullayeva hamda taniqli san'atkorlarning dilrabo dil ohanglari, turli qiziqarli jonli o’yin va tanlovlar tomoshabinlar ko’ngliga yanada ko’tarinkilik baxsh etdi. Kontsert dasturi kechgacha davom etdi va ishktirokchilarning o’yin-kulgu va jozibador raqslari bilan yanada maroqli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram