Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 246 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” TIZIMI ASOSIDA HAZRATI ALI MAHALLASIDAGI ISHLAR JARAYONI KO’ZDAN KECHIRILDI

×

 2023-04-26 18:17:06    73

PDF yuklash
Chop etish


“Mahallabay” tizimi asosida Hazrati Ali mahallasidagi ishlar jarayoni ko’zdan kechirildi

Tumanimiz hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar borishini o’rganish maqsadida bugun tuman hokimi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Mahalla raisi va beshlik bilan birgalikda ijtimoiy soha ob'ektlarida olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Mahalladagi ta'lim muassasalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi, aholi bilan muloqot qilindi, kam ta'minlangan oilalar va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi.

5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilar bilan samimiy muloqotda bo’ldi. Maktabning sport maydonchasi va ichki yo’laklarini ta'mirlashga oid mutasaddilarga ko’rsatmalar berildi.

Tuman hokimi o’rganishlar jarayonida kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olib, ikki nafar fuqaroning tibbiy kurikdan o’tkazilishga amaliy yordam ko’rsatdi. Mahallada bugun katta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallaningg yangi binosi qurilish maydonida bo’lgan tuman hokimi bu ezgu tashabbusni qo’llab-quvvatlab ma'muriy bino qurilishida amaliy yordam ko’rsatilishini qayd etib o’tdi.

Tuman hokimi hududdagi “Barkamol avlod markazi”da bo’lib, markazga qo’shimcha bino qurib uni daromad oladigan maskanga aylantirish lozimligi haqida gapirdi. O’qituvchilar va ustozalr bilan suhbat qilgan tuman hokimi ularning muammolarini ham o’rgandi.

Tuman hokimi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini hududida ichimlik suvi ta'minotiga oid amalga oshirilgan ishlarga ham alohida e'tibor qaratdi. Hududda boshlangan, biroq yarim yo’lda to’xtab qolgan va sifatsiz bajarilgan ishlar nazoratga olinganligi ta'kidlandi va ushbu yo’nalishdagi ishlar samaradorligi va natijadorligini oshirishga doir mutasaddilarga kerakli ko’rsatmalar berildi.

                 So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram