Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 244 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZANGAT MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA IFTORLIK TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2023-04-14 15:51:45    84

PDF yuklash
Chop etish


Zangat mahalla fuqarolar yig’inida iftorlik tadbiri o’tkazildi


Respublikamizda ezgu maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonida xalqimiz mentalitetiga xos bo’lgan an'ana va udumlar asosida o’tkazilayotgan xayrli tadbirlar bajarilayotgan ishlar unumdorligiga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Hududlarda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida o’tkazilayotgan iftorlik tadbirlari ham bunga yorqin misol bo’la oladi.   


So’x tumani Zangat mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolar uchun “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” mavzusi ostida tashkil etilgan ramazon iftorligida Zangat mahallasida yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi. Iftorlik tadbiri Chashma mahallasida joylashgan “Mustafo” tantanalar saroyida o’tkazildi. 


- Tadbirga asosan mahallamizning hududida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro’yixatiga kiritilib, istiqomat qiladigan fuqarolarimizni taklif etdik. Ishtirokchilar tomonidan bugungi yangi O’zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlarga nisbatan shukronalar aytilib, berilayotgan e'tibor va yangilanishlarga tashabbuskor bo’lgan Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik izhor etildi, - deya yozmoqda mazkur mahalla yoshlar yetakchisi Ahrorshoh Amirshoyev o’z xabarida.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram