Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA - INSON MANFAATI ULUG’LANGAN LOYIHA

×

 2023-04-14 11:39:23    187

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya - Inson manfaatini ulug’langan

loyiha

 

Konstitutsiya loyihasi o’zining jamiyatni yangilash, davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish kabi tarixiy vazifani o’z ichiga olgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Respublikamizning o’ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro andozalarga to’liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga olgan xolda, shuningdek bevosita xalqimizning takliflari asosida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tayyorlandi.

Yangi tahrirdagi kutilayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o’zgartirish, ya'ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo’yishni maqsad qilgan.

Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilmoqda.

Mazkur loyihada inson huquq va erkinliklarini ta'minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanib va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilganligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, inson huquqlarini himoya qilishda advokatlarning rolini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta'minlanishi, nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar yanada takomillashtirildi, ta'lim sohasi bo’yicha ham ko’pgina modda va normalarda o’z ifodasini topmoqda xususan, yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o’qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Yangi tahrirga asosan, O’zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyapti. 128 ta moddaning 91 tasiga kontseptual o’zgarishlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya

65 foizga o’zgartirilmoqda. «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha referendum joriy yilning 30 aprel kuni o’tkazilishini belgilangan.

 

Shokirjon Mirzamatov - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram