OFTOBRUNING ICHKI KO’CHALARI ASFALTLASHTIRILMOQDA
2023-04-11 16:50:25 115
Oftobruning ichki ko’chalari asfaltlashtirilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 oktyabr 2022 yildagi 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan So’x tumani hududida jami bo’lib 18 milliard 700 million so’mlik obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ayni kunda tumanimizning mahallalarida ushbu qaror doirasida keng ko’lamli ishlar olib borilyapti.
Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida ham 408-sonli qaror asosida mahalla yo’llari va ichki ko’chalarini asallashtirish ishlari olib borilyapti. Bu ishlarga davlatimiz tomonidan 1 milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirilgan.
Mahalla raisi Abror Zunnunovning so’zlariga ko’ra, mahallaning 2 400 metr masofadagi yo’llari asfaltlashtiriladi. Barcha ishlar albatta sifatli bajarilishi kerak va buning uchun jamoatchilik nazorati yo’lga qo’yilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram