TUMAN IJTIMOIY KO’NIKMA MARKAZI TOMONIDAN AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2023-04-05 17:25:27 124
Tuman ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda
Ta'kidlash lozim, Respublikamizda jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvtalash, ularni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilyapti. So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi, tuman BKM hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan hamkorligida ham ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar e'tirof etishga loyiq.
Bugun hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda So’x tumani Qal'a qishlog’ida yashovchi, jazo muddatini o’tab qaytgan Mominjon Toshevga amaliy ko’mak ko’rsatildi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan mazkur fuqaroning oilaviy ahvoli manzilli o’rganilib, markaz tomonidan eng kam oylik ish haqining 5,5 baravari - 1 650 000 (bir million olti yuz ellik ming) so’m miqdorida moddiy yordam puli berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram