Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-04-05 17:23:28    94

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Referendum o’tkazuvchi komissiyalarni to’zish to’g’risida ma'lumot bersangiz

Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublmikasi Referendumi to’g’risida”gi Qonunining 21-moddasi talablariga asosan Referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to’g’risidagi qaror e'lon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh — o’n to’qqiz nafar a'zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o’rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.

Referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur bo’lgan hollarda ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari amalga oshiradi.

Referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi a'zoligiga nomzodlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o’tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.


A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram