SO’X TUMANIDA RAMAZON OYI IFTORLIK TADBIRLARINI O’TKAZISH DAVOM ETMOQDA
2023-04-05 17:21:31 99
So’x tumanida ramazon oyi iftorlik tadbirlarini o’tkazish davom etmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog’ida o’ttiz kunlik Ramazon oyida eng og’ir mahallada kam ta'minlanganlarni taklif qilib, iftorlik o’tkazish, ko’ngli o’ksik, mo’min-musulmonlarni og’irini yengil qilish tashabbusini bildirib, bu borada diniy soha ulamolari va mutasaddilarga tavsiyalarini bergan edi.
So’x tumanida ham ayni kunlarda mahallalardagi xonadonlarda hamda tantanalar saroylarida fuqarolarga iftorlik tadbiri o’tkazilmoqda. So’x mahalla fuqarolar yig’inidagi fuqarolar uchun iftorlik tadbiri tumanimizning “Sohil” tantanalar majmuasida tashkil etildi.
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan o’tkazilgan iftorlikda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, Oliy Majlis deputati Ahmadjon G’aniyev, sektor rahbarlari, oqsoqollar, kam ta'minlangan oila vakillari va din ishlari vakillari ishtirok etishdi. Iftorlik tadbiri davomida tadbirga kela olmagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari mahalla raisi Burhoniddin Burhoniddinov rahbarligida manzilli yetkazib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram