Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADAGI BOG’ QATOR ORALARIDA ZA'FARON YETISHTIRISH YO’LGA QO’YILADI

×

 2023-04-05 09:28:10    95

PDF yuklash
Chop etish


Javpayadagi bog’ qator oralarida za'faron yetishtirish yo’lga qo’yiladi

Ayni kunda tumanimizning Javpaya massivida yangi o’rik platatsiyasi tashkil etish ishlari qizg’in olib borilmoqda. Fuqarolarimizga ajratib berilgan yer maydonlarida ishlar jadallik bilan davom etmoqda. 

Viloyat hokimi tashrifi chog’ida o’rik qatorlari oralariga poliz ekinlari, oshqovoq, dukkakli ekinlar, shuningdek farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida muhim hisoblangan za'faron yetishtirish yo’lga qo’yilishini alohida ta'kidladi. Serdaromad hisoblangan za'faron o’simligidan birinchi yil gektariga o’rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 1000 dollargacha baholanadi. Viloyat rahbari, za'faron tuganak piyozlarini xarid qilish uchun aholiga imtiyozli kredit ham taqdim etilishini ma'lum qildi.

Tumanda ushbu sohani rivojlantirishga bel bog’lagan tadbirkor Rashodjon Odliboyev ham viloyat hokimi bilan suhbat chog’ida za'faron tugunak piyozlarini yetkazib berish imkoni borligini ta'kidlagan.

Shuni alohida ta'kidalsh lozimki, hukumat komissiyasining “Farg’ona viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarining o’sish sur'atlarini ta'minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 5-sonli bayoni 25-bandida O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi tarmog’ini rivojlantirish maqsadida jalb kilingan YEvropa grant mablag’lari hisobidan So’x tumanidagi "So’x shafran eksport" ishlab chiqarish kooperativiga shafran (za'faron) dorivor o’simligini yetishtirish uchun belgilangan tartibda 100,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratish topshirig’i berilgan.

“So’x shafran eksport”' ishlab chiqarish kooperatsiyasi tomonidan jami 40 ga yer maydonida shafran o’simligini yetishtirish, shundan 1-bosqichini joriy yil mart oyida ekish ishlarini yakunlash natijada 100 nafar yangi ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Agar yuqorida ko’rsatilgan mablag’ belgilangan tartibda tadbirkorga ajratib berilsa, tumanimizda za'faron yetishtirish va uni eksport qilish imkoniyati yanada kengayadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram