Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHUMOQCHA MAHALLASIDA 3,5 KILOMETR YO’L “OPENBUDGET” LOYIHASI ASOSIDA ASFALTLASHTIRILADI

×

 2023-03-28 17:57:36    76

PDF yuklash
Chop etish


Chumoqcha mahallasida 3,5 kilometr yo’l “Openbudget” loyihasi asosida asfaltlashtiriladi


Aytish lozimki, tumanimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, hukumatimiz va davlatimiz rahbarining bevosita e'tibori doirasida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. “Tashabbusli byudjet” yoxud “Openbudget” portali orqali ham bu yo’nalishda amaliy ishlar qilinmoqda.


Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida ham bugun “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Mahalla ahlining tashabbusi va ayniqsa, mahalla yoshlar yetakchisi Umedjon Qosimov sa'y-harakati bilan mahallaning asfaltlashtirish loyiha tashabbusi g’olib deb topilgan.


Ayni kunda mazkur mahallada asfallashtirish ishlari boshlab yuborildi va bu albatta, ro’zai ramazonning fayzli kunlarida mahalla ahlining ko’tarinki kayfiyatiga sabab bo’lmoqda. Yoshlar yetakchisining bildirishicha, mazkur loyiha eng ko’p ovoz to’plagani bois g’olib deb topilgan va endilikda mahalladagi uzunligi 3,5 kilometr bo’lgan yo’llarga asfalt qoplamasi yotqiziladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram