Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNAT FAXRIYLARI VA NURONIY ONAXONLARGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2023-03-08 12:20:31    99

PDF yuklash
Chop etish


Mehnat faxriylari va nuroniy onaxonlarga ehtirom ko’rsatildi

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab tumanimiz hududida yashaydigan nuroniy momojonlar, hayotda va jamiyatda samarali faoliyat olib borgan, yetuk farzandlarni voyaga yetkazgan keksa onajonlar holidan xabar olinib, ularga tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i tomonidan sovg’alar taqdim etildi.


Chumoqcha mahallasida yashovchi mehnat faxriysi, shoira Naziraoy Mahmatova xonadoniga tashrif buyurgan Faridjon To’raboyev onaxonni bayram munosabati bilan tabriklab, ularga tabriknoma va davlat soliq inspektsiyasining qimmatbaho sovg’alarini taqdim etdi. Naziraoy Mahmatova ham o’z navbatida mehmonlarga o’zlarining “Buni hayot deydilar” kitobini sovg’a qildilar.  

 

Ushb mahallada yashovchi Mukarramxon Mo’'minjonova ham ko’pni ko’rgan onaxonlardan. Mukarramxon-ayaning farzandlari bugun Vatan xizmatida kamarbasta va onaxonga ham qimmatbaho sovg’a va tabriknoma taqdim etildi.   

Bunday sovg’a-salomlar tumanimizning boshqa mahallalarda istiqomat qiladigan nuroniylarga ham ulashildi. Nuroniylarga turli jamoat tashkilotlari hisobidan tashkil etilgan sovg’alar ham taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram