Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH KAMONCHILAR BELLASHUVI O’TKAZILDI

×

 2023-02-28 17:19:18    108

PDF yuklash
Chop etish


Yosh kamonchilar bellashuvi o’tkazildi

 

        Sport insonni chiniqtiradi, uni kamolotga yetkazadi. Aytish lozimki, Respublikamizda sportni rivojlantirish va bu sohaga yoshlarni jalb etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kamondan o’q otish ham sportning bir turi hisoblanadi. Ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugun o’z samarasini berayotir.  

 

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5149-son Qarori hamda Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan reja jadvaliga asosan yoshlar o’rtasida So’x tumani qo’riqlash bo’limi tomonidan “kamondan otish” musobaqasi tashkil etildi.

 

        So’x tuman qo’riqlash bo’limi boshlig’i, podpolkovnik Rustamjon Mamajonovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur musobaqa barcha kamonchi yoshlarni birlashtirdi. Musobaqalar bevosita mutasaddi idoralar vakillari nazorati ostida o’tkazildi.

 

        Mazkur bellashuvda yosh kamonchilar mahorati imtihondan o’tkazildi. Musobaqa nihoyasida faxrli o’rinni olgan yoshlarga sovrinlar topshirildi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram