Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI BINOSIDA TARIXIY MUZEY TASHKIL ETISH TAKLIFI BERILDI

×

 2023-02-22 18:07:07    85

PDF yuklash
Chop etish


1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosida tarixiy muzey tashkil etish taklifi berildi

Maktabgacha ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor Respublikamiz miqyosida ushbu muassasalarga bolalar qamrovini ko’payishiga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Bu yo’nalishda bizning tumanimizda ham arzirli ishlar qilinyapti.

Biroq, ba'zi muassasalarning bungungi ahvoli bizdan amaliy ishlarni ijro etishga undaydi. Bugun tuman hokimi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, ushbu masalalarni mutasaddilar bilan muhokama etdi.

Mazkur muassasa eski sovxozning ma'muriy binosida tashkil etilgan, biroq mazkur muassasa mudirasi Nargiza Bahronovaning so’zlariga ko’ra, qish kunlari tarbiya jarayonlari bu yerda to’xtatilgani yo’q, chunki isitish tizimi barcha talablarga javob bera oladi. Muassasa mutasaddilari ba'zi muammo va kamchiliklar xususida tuman hokimiga murojaat etdilar.

Tuman hokimi tashabbusi bilan mazkur bino negizida tarixiy muzey tashkil etiladigan bo’ldi. Yangi muassasa qurilishi uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga kerakli hujjatlar rasmiylashtirib, taqdim etilishi bo’yicha kerakli tavsiya va takliflar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram