Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 144 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SO'X NUR SHIFO” KLINIKASI BINOSI MAHALLA HUSNIGA CHIROY BAG’ISHLAMOQDA

×

 2023-02-20 16:00:05    78

PDF yuklash
Chop etish


“SO'X NUR SHIFO” klinikasi binosi mahalla husniga chiroy bag’ishlamoqda

Aytish lozimki, har bir hududning rivojlanishi, iqtisodiy o’sishi o’sha yurtda olib borayotgan amaliy ishlarga bevosita bog’liqdir. Viloyatimizning eng chekka tumani bo’lmish So’xda ham ushbu yo’nalishda amalga oshirilgan va olib borilayotgan ishlar tuman rivojiga hissa qo’shishiga astoydil ishonamiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida Farg’ona viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mavjud muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar bo’yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi doirasida So’x tumanida 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli ro’yxati tasdiqlangan bo’lib, unga muvofiq umumiy qiymati 152 milliard 600 million so’mlik 48 ta loyihalarda 547 nafar yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirilishida albatta, tuman tadbirkorlarining sa'y-harakatini alohida e'tirof etish lozim. Bugun tumanda tibbiyot sohasiga doir bo’lgan loyihalar amalga tatbiq etilmoqda.

Shunga asosan "SO'X NUR SHIFO KLINIKASI" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 1 milliard 500 million so’m hisobiga tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish loyihasini ishga tushirish va 10 ta yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan. Mazkur ishga bel bog’lagan tadbirkorga amaliy kumak ko’rsatildi. Tadbirkorga bank tomonidan 1 milliard so’m miqdorida kredit berildi.

Bugungi kunda Zangat mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ajratilgan 0.03 gektar yer maydoniga umumiy qiymati 1 milliard 500 million so’m zamonaviy ikki qavvatli tibbiy xizmat ko’rsatish binosi qurilib, asosan jarrohlik bo’limiga ixtisoslashgan klinikaga yangi tibbiy asbob-dastgohlar olib kelindi.  Mazkur inshootda oxirgi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram