Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDAGI YUZAGA KELGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

×

 2023-02-18 17:03:50    125

PDF yuklash
Chop etish


Kommunikatsiya tarmoqlaridagi yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilmoqda

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tumanimiz hududidagi ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minotidagi aniqlangan nosozliklar soha xodimlari tomonidan murojaat tushgandan so’ng vaqtida bartaraf etilmoqda. Bu albatta, aholiga qulaylik yaratish va har bir murojaatga e'tiborli bo’lish dalolatidir.

Tumanimizdagi Qalacha mahalla fuqarolar yig’inidagi “Qal'acha” ko’chasidagi suv liniyalari qattiq sovuq tufayli, muzlab yorilganligi xususida mahalla ahlidan murojaat tushgan. Mazkur nosozlik ayni damda “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani xodimlari tomonidan  bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini “Baliqchi” ko’chasidagi suv tarmog’ida ham nosozlik yuzaga kelgan. Belgilangan chora va vaqtida qilingan sa'y-harakat tufayli ushbu hududda ham ta'mirlash ishlari olib borilmokda.

Elektr energiyasiga bog’liq muammolar ham ayni kunda bartaraf etilayotir. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi Tul bo’linmasi xodimlari tomonidan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini “Sabohat” ko’chasidagi transformator ta'mirlandi va aholiga qulaylik yaratilib, transformatordagi yuzaga kelgan nosozlik muammosi bartaraf etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram