Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADA YANGI UZUMZOR TASHKIL ETILADIGAN BO’LDI

×

 2023-02-18 17:01:53    66

PDF yuklash
Chop etish


Javpayada yangi uzumzor tashkil etiladigan bo’ldi

Javpaya massivida barpo etilgan issiqxonalarni yangi mavsumga tayyorlash va massivning pastki qismida yangi bog’lar tashkil etishga qaratilgan ishlarni ko’zdan kechirish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur hududda bo’ldi. Mazkur hududda 147 ta issiqxona barpo etilgan bo’lib, barcha issiqxonalar fuqarolarga ajratib berilgan. Foydalanmayotgan issiqxonanalarni qaytarib olish va boshqa muhtoj fuqarolarga biriktirish bo’yicha ishlar olib borilyapti. Lekin shuni aytish lozimki, aksariyat issiqxonalar bugun fuqarolar tomonidan foydalanmoqda va buni ortidan daromad olayotgan fuqarolarimiz ham talaygina.

Javpaya hududiga kirish qismida tuman hokimi tashabbusi bilan yangi uzumzor tashkil etiladi. Bugundan uzum toklariga kerak bo’ladigan mahsulotlar – temir-beton ustunlar tumanimizga tumanmizdagi harbiy qism mutasaddilari ko’magi bilan olib kelindi. Dastlabki olib kelingan 80 dona ustunlar havo isishi bilan yangi bog’ga o’rnatiladi. Yaqin kunlarda yana 100 dona temir-beton ustanlar olib kelinadi va Javpayadagi uzumzorning barpo etilishiga asos solinadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram