Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 234 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CYBER-WEEK HAFTALIGI DOIRASIDA SO’X TUMANIDA HAM TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-02-18 16:49:35    70

PDF yuklash
Chop etish


Cyber-Week haftaligi doirasida So’x tumanida ham tadbirlar o’tkazilmoqda

Farg’ona viloyati hokimining qarori bilan shu yil 13 fevraldan 19 fevral kuniga qadar viloyatimizda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” o’tkazilmoqda. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tumanida ham targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Aslida ham ushbu yo’nalishda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo’yicha tashkil etilayotgan tadbirlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Aytish lozimki, bunday jinoyatlar komiga asosan yetarli ma'lumot va bilimga ega bo’lmagan fuqarolarimiz tushmoqda va bu ko’rsatigich So’x tumanida sezilarli darajada yuqorilaganini ko’ramiz.

So’x tumani Guliston mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan kasb-hunar maktabida "Kiberjinoyatchilikni oldini olish va kiber xavfsizlik" mavzusi yuzasidan yig’ilishda asosan aholi, ayniqsa yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilarga So’x tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’ining 1-o’rinbosari Umedjon Shamsiddinov mavazu bo’yicha yetarli ma'lumotlar berdi. Ushbu jinoyat domiga tushib qolgan fuqarolar murojaati va yuzaga kelayotgan noxush holatlarga bee'tibor bo’lmaslik, ogohlik va xushyorlikni kuchaytirish yuzasidan ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari alohida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, tadbirda Guliston mahalla fuqarolar yig’ini faollari, maktabning ilg’or muallimlari, sohaga daxldor bo’lgan xodimlar ham o’z fikrlarini bayon etdilar. Mavzu bo’yicha tashkil etilgan savol-javoblar lahzalari ham juda ahamiyatli bo’ldi.

Ana shunday tadbirlardan biri So’x tumanidagi “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig’inida ham o’tkazilib, unda kiberjinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida so’z yuritildi. Tadbirda tuman ichki ishlar bo’limi mas'ul xodimlari tomonidan «Ogohlik – davr talabi» hamda «Kiberjinoyatlar qurboniga aylanmang!» mavzularida ma'ruza qilindi va ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.

Tumandagi 27-umumta'lim maktabida o’tkazilgan tadbir ham haftalik doirasida tashkil qilindi. Unda maktab o’qituvchilari, psixologlar, mahalla faollari hamda yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etdi. Haftalik doirasidagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram