Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZNING 1-SEKTORI HUDUDIDAGI G’AZNOV MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI VA FUQAROLAR MUAMMOLARINI ANIQLASH BO’YICHA UYMA UY O’RGANISHLAR OLIB BORILDI

×

 2023-02-18 16:42:34    86

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning 1-sektori hududidagi G’aznov mahallasida sayyor qabul o’tkazildi va fuqarolar muammolarini aniqlash bo’yicha uyma uy o’rganishlar olib borildi

        Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tumanimizning G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul bo’lib o’tdi. Mazkur sayyor qabulda sektor ishchi guruhi a'zolari, mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

        Sayyor qabuldan oldin tuman hokimi ayni kunda tumanimiz miqyosida aholi muammo va kamchiliklarini aniqlash bo’yicha bevosita sektorlar rahbarlari ishtirokida o’rganish ishlari olib borilayotgani va bu o’rganishlar G’aznov mahallasida ham o’tkazilayotgani haqida gapirdi. Ta'kidlandiiki, ushbu o’rganishlar eng avvalo, aholi va fuqarolar muammolarini aniqlash va albatta, ularga amaliy kumak ko’rsatishga qaratilgan.

        Sayyor qabul davomida mahalla fuqarolari tuman hokimiga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar xususida murojaat etdilar. Bo’layotgan e'tiborga nisbatan bildirilgan minnatdorchilik izhorlari qatorida mahalladagi ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasiga bog’liq muammolar, chegaraoldi yer maydonlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida bank krediti olish, tibbiyot muassasalarida davolanish uchun moddiy yordam ko’rsatishdek masalalar fuqarolar tomonidan bildirildi. Bildirilgan barcha muammolarni yechish yuzasidan fuqarolarga munosabat bildirildi.

        Sayyor qabuldan so’ng tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh uyma uy yurib, fuqarolar muammo va kamchiliklarini o’rgandilar. Bildirilgan barcha muammo va kamchiliklarning yechimi bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, barcha murojaatlarni o’z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram