Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ULUG’ USTOZLAR ASOS SOLGAN O’ZIGA XOS TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARI DAVOM ETTIRILYAPTI

×

 2023-02-16 16:41:56    87

PDF yuklash
Chop etish


Ulug’ ustozlar asos solgan o’ziga xos ta'lim-tarbiya jarayonlari davom ettirilyapti

Aytish lozimki, tumanimizdagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi Respublikamiz miqyosida dong qozongan ta'lim dargohlaridan biri sanaladi. Mazkur maktab tamal toshini qo’ygan So’xning zabardast farzandi, butun umrini ta'lim-tarbiya sohasiga bag’ishlangan mehnat fidoiysi A'zamjon Mutaliyevning direktorlik davrida sodiq Ittifoq miqyosida ham o’zining xos o’rniga ega bo’lgan.

Maktabning yanada yuksalishi va rivoj topishi uchun ustoz A'zamjon Mutaliyevdan so’ng direktorlik vazifalarida ishlagan ustozlar Rahmonjon Nisoyev, Boronboy Urunboyevlar ham astoydil harakat qilishgan. Istiqlol davrida mazkur maktabni boshqargan Amirjon Temirov, Olimjon Yunusov, G’ayratjon Polvonov, Ulug’bek Niholjonov, Baxtiyor Polvonovlar ham ta'lim dargohida ustozlar asos solgan amaliyotni davom ettirishayotir.

Mazkur maktabda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda maktabga asos solgan ustozlarning nomi hurmat va ehtirom bilan tilga olindi, ta'lim dargohi rivojiga hissa qo’shayotgan bugungi rahbarlarga omadlar tilandi. Uchrashuv chog’ida tuman hokimi barcha maktab o’quvchilariga o’tgan ustozlar xotirasini hamisha e'zozlash barcha avlodlarning asosiy vazifasi ekanligini ta'kidladi va ularga munosib shogird bo’lish lozimligini qayd etdi.

Tuman hokimi tomonidan maktabda olib borilgan va olib borilayotgan ishlar, xususan, maaktabning va barcha sinfxonalarning isitish tizimi ko’zdan kechirildi. Bir soat dars o’tgan tuman hokimi ta'lim dargohi o’quvchilarining bilim darajasini ham sinovdan o’tkazdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram