Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI MAKTAB O’QUVCHILARI BILAN UCHRASHDI VA BIR SOAT DARS O’TDI

×

 2023-02-15 16:39:52    77

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi maktab o’quvchilari bilan uchrashdi va bir soat dars o’tdi

Maktabga bo’lgan e'tibor va o’qituvchi mehnatini munosib rag’batlantirishdek amallar bugun Respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim va tarbiya sohasini yanada rivojlantirish va yuksalishiga albatta xizmat qiladi.

Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizning Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 8-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabiga borib, ta'lim dargohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. O’rganishlar jarayonida maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilar bilan davra suhbat tashkil etildi.

Maktabning 10-sinf o’quchilariga dars o’tgan tuman hokimi dars jarayonida o’quvchilar bilim darajasini ham sinovdan o’tkazdi. Qiziqarli savol va javoblar bilan o’tgan bir soatlik dars o’quvchilar ko’nglida katta taassurot qoldirdi.

Darsning qiziqarli lahzalarga boy bo’lgani unda faol o’quchilarning ishtiroki bo’ldi. Ta'lim dargohining faol o’quvchilaridan biri Najminoso Bobosherova barcha yig’ilganlarga Muhammad Yusufning “Vatan”  she'rini o’qib berdi.

Tuman hokimi barcha o’quvchilarga omad tilab, berilayotgan e'tibordan samarali foydalanib, sadoqatli Vatan farzandlari bo’lib yetishlariga umid bildirdi. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov tomonidan maktab o’quvchilariga badiiy kitoblar to’plami taqdim etiladi.

- Maktabimizga tuman hokimining kelishi albatta o’quvchilarga katta motivatsiya beradi. Biz albatta, bunday e'tibordan mamnunmiz va sohadagi islohotlarni amalda tatbiq etilishiga astoydil intilamiz, - deydi maktab o’qituvchisi Bunyodjon Shomatov.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram