Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OG’UFURUSHLAR UZOQ MUDDATGA OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI

×

 2023-02-15 10:49:50    87

PDF yuklash
Chop etish


Og’ufurushlar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

 

 

Sudlanuvchi A.Namozov (ism, familiyalar o’zgartirilgan) 2021 yil

15 noyabr kuni qo’shni davlat fuqarosi “Abdurasul” bilan jinoiy til biriktirib, undan 500 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 3000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, Farg’ona tumani Log’on qishlog’i hududidagi davlat chegarasi yaqiniga borib, chegara sim to’siqlari ustidan “Abdurasul” uloqtirgan gashish giyohvandlik vositasini qabul qilib, unga kelishilgan 3000 AQSh dollarini sim to’siqlari ustidan uloqtirib berib, O’zbekiston Respublikasi hududiga kontrabanda yo’li bilan, ya'ni bojxona nazoratini chetlab, ko’p miqdordagi giyohvandlik vositasini olib o’tgan.

Shundan so’ng A.Namozov o’zining hamtovoqlari T.Shokirov va J.Xojamovlar bilan Farg’ona shahrida uchrashib, T.Shokirovga yuqoridagi giyohvandlik vositasini pulini keyin berish sharti bilan 4000 AQSh dollariga sotishga kelishib, kontrabanda yo’li bilan olib kelgan giyohvandlik vositasini berib, undan garov sifatida J.Xojamov boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasini olib qolgan.

Sudlanuvchi T.Shokirov va J.Xojamovlar esa shu kuni 500 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini olib, Toshkent shahriga qaytish maqsadida Marg’ilon shahar hududidagi “Farg’ona-Toshkent” yo’nalishida qatnovchi taksilar turargohiga borgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tezkor xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir davomida qo’lga olinishgan.

Og’ufurushlarga oid mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudi tomonidan ko’rib chiqilib, sudlanuvchi A.Namozov va T.Shokirovlar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 10 yil 6 oy hamda J.Xojamov esa 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

 

Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram