Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUYUK SARKARDA VA SHOIR IJODIGA BAG’ISHLAB TADBIR O’TKAZILDI

×

 2023-02-14 17:10:45    112

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk sarkarda va shoir ijodiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi

        Zahiriddin Muhammad Boburning So’xda bo’lganligi, bu jannatmakon go’shada bir muddat yashab, ayni Hushyor qishlog’idan bir necha yuzlab nafar navkarlar olib ketganligi haqida inkor etib bo’lmaydigan ma'lumotlar bor. Bu haqda shoir o’zining “Boburnoma” asarida ham yozib qoldirgan. Shuning uchun, buyuk shoir va mutafakkirning tavalludiga bag’ishlangan tadbirlar So’x tumanida ham keng o’tkazilmoqda.  

        So’x tumanidagi pedagogika kollejida “Ajdodlar merosi - ma'rifat ziyosi” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligi, ichki ishlar bo’limi mas'ul xodimlari, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari, kollejda ta'lim olayotgan talabalar, ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirga bugungi kunda ilm fan sohasida yutuqlarga erishgan faol ayollar, iqtidori va iste'dodi bilan turli xil tanlovlarda faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan o’quvchi qizlar taklif etildilar.

        So’x tuman IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning ma'lumotiga ko’ra, tadbirda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501), shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) g’azallari o’qildi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Zero buyuk sarkarda olis So’xning Hushyor qishlog’ida bir yilga yaqin yashagan davrlari, Bobur Mirzo mana shu qishloqda turib kelgusi taqdirini belgilaganligi, atrofdagi qishloqlar, yo’llar, dovonlarni puxta o’rganilib, Farg’ona diyoridan chiqib ketishda Ovchi, Obburdon, Mastchoh qishloqlari orqali Qorategin dovonidan oshib, Hisor orqali Afg’onistonga o’tib ketganligi haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

        Pedagogika kollejining ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilari va o’quvchilarning chiqishlari barchaga manzur bo’ldi. Buyuk mutafakkir tavalludiga bag’ishlangan tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida o’tkazilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram