Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’AZNOV MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA'MINOTINI YAXSHILASH MAQSADIDA TIK QUDUQ QAZILADI

×

 2023-02-11 16:06:09    77

PDF yuklash
Chop etish


G’aznov mahallasida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida tik quduq qaziladi

Prezidentimizning So’x tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojalntirishga doir qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida tumanimiz miqyosida ichimlik suvi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etilishi maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Biroq, ushbu sohadagi kamchiliklar ba'zi hududlarda muammoligicha qolmoqda.

“O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani filiali rahbari Farhodjon Azimbekovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bugun ichimlik suvi dolzarb  masala bo’lib qolgan G’aznov mahallasida ishlar boshlanib yuborildi. Mazkur mahalada ichimlik suvi ta'minoti maqsadida tik quduq qaziladi.

Soha rahbarining so’zlariga ko’ra, G’aznov mahalla fuqarolar ygig’iniga Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida yangi ichimlik suv qudug’i qazish uchun maxsus texnika vositasi kelinib, ishlar boshlab yuborildi. Albatta, bu voqelikni mahalla ahli xursandchilik bilan qabul qildilar.  

Mazkur mahalladagi o’rganishlar ham mahallada asosan ichimlik suvi tanqisligini ko’rsatdi. Aslida G’aznov so’zining asl ma'nosi “Suv xazinasi” deganidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram