Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN BARCHA TUMAN HOKIMLIGI XODIMLARI UCHUN TIBBIY KO’RIK TASHKIL ETILDI

×

 2023-02-10 18:02:13    114

PDF yuklash
Chop etish


Bugun barcha tuman hokimligi xodimlari uchun tibbiy ko’rik tashkil etildi

Har bir tashkilot yo muassasa xodimning ish unumdorligi va samarali faoliyat olib borishi albatta uning sog’lig’iga bog’liqdir. Buning uchun har birimiz o’z sog’lig’imizga befarq bo’lmasdan, muntazam tibbiyot sohasi xodimlari ko’rigidan o’tishimiz lozim.

Bugun So’x tumani hokimligining barcha xodimlarini tuman markaziy poliklinikasida tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. Bunday tibbiy profilaktik tadbirni o’tkazishdan maqsad hokimlik apparat xodimlarida kasaliklarni aniqlash, uni profilaktika qilish, xodimlar ish unumdorligini oshirish va samarali faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat.

Hokimlik xodimlari LOR, teri-tanosil, stomatolog, ginekolog va terapevt kabi tor mutaxassislarning chuqurlashtirilgan ko’rigidan, laborator hamda rentgen tekshiruvlardan o’tdilar. Aniqlangan kasalliklar bo’yicha ma'lumot va tushuntirishlar berilib, davolanish, qay turdagi dori vositalarini iste'mol qilish yuzasidan ham tavsiyalar berildi.      

Shuningdek, hozirgi vaqtda keng tarqalgan yurak-qon tomir, diabet, onkologik va o’pka kasalliklari kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog’lom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning salomatligiga hissasi tushuntirildi. Barcha tuman hokimligi xodimlari tuman SEOM xodimlari tomonidan vaktsina bilan emlandilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram