Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHMOQ LOZIM

×

 2023-02-09 17:23:42    92

PDF yuklash
Chop etish


Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq lozim

Jamiyatda sog’lom ma'naviy muhitni shakllantirish va uning mustahkam qaror toptirishga erishish eng avvalo mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlarga bevosita bog’liqdir. Aytish lozimki, ushbu yo’nalishda agar muntazam targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilsa, ko’zlangan maqsadlarga yetish mumkin.

Ayni bugungi globallashuv zamonida ayniqsa, axborot xuruj qilayotgan davrda turli axborot manbalaridan foydalanish fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurini zaharlanishi mumkin va afsuski, bu muammo kunning asosiy mavzusiga aylanib qolgan. Tumanimizda bu yo’nalishda olib borilayotgan targ’ibot ishlari uylaymizki, o’zining samaralarini beradi.

Tuman din ishlari bo’yicha bosh mutaxassisi Tojiboy Dodoboyevning bergan ma'lumotiga ko’ra, tuman xalq ta'limi bo’limi, ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi hamkorligida tumandagi umumta'lim muassasalarida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Tumanimizning 1-sektori hududidagi 18, 19, 24, 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida o’tkazilgan davra so’hbatlarida hudud yoshlari faollik bilan ishtirok etdilar.

Tashkil etilgan tadbirlarda yoshlarga o’tkazilayotgan tadbirlarning asl mazmun-mohiyati, uningg maqsadi tushuntirildi. Jamiyatda tomir tortgan turli illatlar – diniy ekstremizm, missionerlik, ayollarga zo’ravonlik, yoshlarning ma'naviy bo’shliqlari haqida yetarli ma'lumot berildi. Namoyish etilgan turli mavzudagi videorolik va filmlarda ushbu illatlarning zarari ko’rsatib o’tildi. Bunday ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar tuman miqyosida muntazam o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram