Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALAR KESIMIDA SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA AHOLI MUAMMOLARINI O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2023-02-09 17:14:47    90

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalar kesimida sektor rahbarlari ishtirokida aholi muammolarini o’rganish ishlari olib borilmoqda

        Respublikamizda aholi muammolarini o’rganish, aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni hal etish bo’yicha yaratilgan tizim orqali bugun Respublikamiz miqyosida amaliy ishlar qilinmoqda. So’x tumanida olib borilayotgan ishlar ham o’zining natijadorligini ko’rsatmoqda.

        Sektorlar kesimida olib borilayotgan o’rganishlar, har bir xonadon va fuqaroga alohida e'tibor berish, ya'ni uyma uy yurib, manzilli o’rganishlarni tashkil etilishida bevosita sektor rahbari tomonidan amaliy ishlar qilinayotir. Tumanimizning 1-sektori hududidagi G’aznov mahallasida amalga oshirilgan o’rganish ishlarida bevosita sektor rahbari, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi.

        Tumanimizda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, xotin-qizlar orasida diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlash, ayollarni kasb-hunarga o’rgatish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan o’rganishlar olib borish bevosita tashkil etilgan ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan. Ishchi guruh tarkibiga kiruvchi sektor a'zolari mahallaning “beshligi” bilan hamkorlikda ushbu yo’nalishda amaliy ishlari bajarish bo’yicha faoliyat olib borishmoqda.

        Tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan o’rganish natijasiga ko’ra, 23 ta xonadonida yashovchi aholi muammolari, 2 ta ijtimoiy ob'ektlar hamda 1 nafar tadbirkorlar faoliyati o’rganildi. O’rganish natijalariga ko’ra, 2 ta xonadonda 2 ta muammo borligi aniqlandi hamda aniqlangan ushbu muammolar joyida bartaraf etildi. Ishchi guruh tomonidan mahallalar kesimidagi o’rganish ishlari davom etmoqda. 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram