Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHUMOQCHA MAHALLASI YOSH FUTBOLCHILARI MUSOBQALAR G’OLIBI

×

 2023-02-07 17:35:49    89

PDF yuklash
Chop etish


Chumoqcha mahallasi yosh futbolchilari musobqalar g’olibi

Tumanimizning Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida barcha yoshlar o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur bellashuvlarda tumanimiz mahalalarining yoshlari ishtirok etdilar.

Jamoatchi muhbirimiz Bunyodjon Shomatovning bizga bergan xabariga ko’ra, mazkur musobaqalarning taqdirlash marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Respublikamizda sportga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, ushbu soha tumanimizda ham rivoj topayotgani haqida gapirdi.

Tadbir davomida musobaqa g’olibligini qo’lga kiritigan Chumoqcha mahallasi yosh futbolchilariga tashkilotchilarning qimmatbaho va esdalik sovg’alari taqdim etildi. Shuningdek, musobaqalarning eng faol o’yinchilari ham sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan tuman Yoshlar ishlari Agentligi rahbari Isojon Mastonov ham bugun So’x miqyosida yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan sport musobaqalari haqida gapirdi. Bunday sport tadbirlari tumanimizning barcha mahallalarida har kuni o’tkazib kelinyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram