Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLIKKA BERILGAN IMKONIYATLAR TUFAYLI ISHLAB CHIQARISH SOHASI RIVOJLANMOQDA

×

 2023-02-07 10:56:20    95

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlikka berilgan imkoniyatlar tufayli ishlab chiqarish sohasi rivojlanmoqda

Respublikamizda tadbirkorlikka berilgan va berilayotgan e'tibor bois, soha vakillari uchun imkoniyat ko’lami ham kengaymoqda. Tadbirkorlarimiz bugun berilayotgan e'tibor bois, hudud obodligiga ham o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shishayotir.

Tumanimizdagi “So’xgidroqurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham mana shunday yirik korxonalardan hisoblanadi. Mazkur korxona xodimlari tomonidan tumanimiz miqyosida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu ishlar bugun ham o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Qayroq nasos stantsiyasining qurilishi tumanimizdagi yirik qurilishlardan hisoblanadi va ushbu inshoot ham aynan shu korxona xodimlari tomonidan bunyod etildi.

“Izlagan imkon topar” degan gap bor xalqimizda. Korxona rahbari Xaliljon Umarov boshchiligida bugun imkoniyatlardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik ham rivojlanmoqda. Bankdan olingan 10 foizli 2 milliard 700 million so’m miqdoridagi imtiyozli kredit tufayli MChJ negizida yangi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi barpo etildi.

Korxonada ayni kunda turli hajm va uzunlikdagi temir beton tayanchlar, shlakoblok ishlab chiqrilmoqda. Korxonada buyurtma asosida turli qurilish mahsulotlari ham ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Bir oyda mazkur korxonada 120 ta temir-beton tayanchlar, 20 000 dona shlakoblok, farmoyishga qarab 30 donagacha suv quduqlari va boshqa betonli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonada 10 nafar yoshlar doimiy ish joyi bilan ta'minlangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram