Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTORNING FAOL VA ENG PESHQADAM VOLEYBOLCHILARI ANIQLANDI

×

 2023-02-06 19:41:13    76

PDF yuklash
Chop etish


Sektorning faol va eng peshqadam voleybolchilari aniqlandi

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sport musobaqalariga keng jalb etish maqsadida tumanimiz miqyosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan turli sport tadbirlari tashkil etilib o’tkazilmoqda. Lenbur mahalla fuqarolar yig’inda bo’lib o’tgan sport tadbiri ham tumanimizning barcha yosh voleybolchilarini birlashtirdi.

Mahallaning 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining sport majmuasida bo’lib o’tgan musobaqalarda sektor miqyosidagi mahalallardan tashkil topgan 16 ta jamoa g’oliblik uchun maydonga chiqdilar. Lenbur mahallasi yoshlar yetakchisi Shohboz Obidzodaning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, musobaqalarda ishtirok etgan yoshlarning barchasi g’oliblikka loyiq edi.

Musobaqalar natijasida birinchi o’rin Lenbur mahallasining “Xolboyev” jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o’rinni “Sohibkor” jamoasi, uchinchi o’rinni esa, “Lenbur” jamoasi egalladi. Musobaqalarda ishtirok etgan eng yaxshi mehmon jamoa “Demursad” mahallasi yoshlariga ham to’rtinchi o’rin nasib etdi.

G’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalarga qimmatbaho sovg’a va diplomlar taqdim etildi. Bunday sport musobaqalari sektor miqyosida muntazam tashkil etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram