Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASI HOKIM YORDAMCHISI HAM MAHALLADOSHLARIGA HISOBOT BERDI

×

 2023-02-06 17:43:05    93

PDF yuklash
Chop etish


Navobod mahallasi hokim yordamchisi ham mahalladoshlariga hisobot berdi

Navobod mahalla fuqarolar yig’ini tumanimizning 2-sektori hududida joylashgan. Mahallada 4 420 nafar aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni 743 ta, oilalar soni 1 301 tani tashkil etadi. Mahallaning o’sish nuqtasi xizmat ko’rsatish, dehqonchilik va sanoat sohasi hisoblanadi. Bu raqam va misollar mahallada faoliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchisining kundalik yumushlariga bevosita bog’liqdir.

Navobod mahallasida hokim yordamchisi sifatida ish boshlagan Ma'murjon Bobomirhisenov mahalladoshlariga bir yillik ish faoliyati bo’yicha hisobot berdi. 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan hisobot yig’ilishida Navobod mahallasi faollari ishtirok etdilar.

Hokim yordamchisi bir yil davomida uning faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lgan ishlar va amalga oshirilgan yangiliklar haqida ma'lumotlar berdi. Hokim yordamchisi faoliyatini belgilab beradigan Kontseptsiya talabotlari asosida qilingan ishlar tahlil etildi.

Tadbdir ishtirokchilari ham hokim yordamchisi faoliyatiga baho berib, o’zlarining fikr va mulohazalarini bayon etdilar. Bir yillik ish faoliyati tahlil etilib, yangi yilga mo’ljallangan ishlar bo’yicha hokim yordamchisi tomonidan tuzilgan rejalar ma'qullandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram